Asosiy dori vositalari

Dori yetkazish, vitaminlar va badlar, hamshira chaqirish — Toshkentdagi yaqin dorixonalar narxlarini solishtiring va buyurtmani eshigingizgacha oling.







Kerakli dorini topish uchun dorixonama-dorixona yurish yoki qo'ng'iroq qilish shart emas. Davo Delivery'da dori nomini yozing — ilova uni qaysi dorixonalarda borligini, narxini va sizgacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.
Onlayn dorixona sifatida biz Toshkentdagi hamkor dorixonalarni bitta ilovaga jamladik: dori izlash, narxlarni solishtirish, buyurtma berish va uyga yetkazib berish — hammasi bir joyda.
Dori nomini yozing — ilova uning tarkibi, ishlab chiqaruvchisi va nechta dorixonada borligini ko'rsatadi. Topilmasa, muqobil variantlarni taklif qiladi.
Savatdagi dorilar qaysi dorixonada to'liq bor, qanchaga va qachongacha ishlashini bir qarashda ko'ring. Eng qulayini tanlab, bir bosishda buyurtma bering.
Qo'ng'iroq qilib so'rashingiz shart emas. Dorixona qabul qilgani, buyurtma tayyorligi va kuryer yo'lga chiqqani haqida darhol xabar olasiz.


Dori nomini yozing yoki xizmatni tanlang.
Kerakli dorilarni ro'yxatga qo'shing.
Narx, masofa va ish vaqtini solishtiring.
Buyurtma holatini kuzating va eshikda kutib oling.
Ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va do'konlar uchun. Mahsulotlaringizni ilovaga joylashtiring — biz ularni xaridorga yetkazamiz.
BAD va vitaminlar
Kosmetika
Bolalar mahsulotlariMahsulotlaringiz ilovadagi qidiruv va kategoriyalarda ko'rinadi.
Buyurtmalarni qabul qiling va tayyorlang — qolganini biz qilamiz.
Kuryer buyurtmani sizdan olib, xaridorga yetkazadi.
Hozircha Toshkent shahrida. Ilova Toshkentdagi hamkor dorixonalardan dori qidirish va uyga yetkazib berishni taklif qiladi.
Vaqt dorixonagacha bo'lgan masofaga bog'liq. Taxminiy vaqt buyurtma sahifasida ko'rsatiladi va kuryer yo'lga chiqqach yangilanadi.
Ilovada Uzcard yoki Humo bank kartasi orqali.
Retseptli dorilar ilovada «Retsepli» belgisi bilan ajratilgan. Ularni qabul qilishda retseptni ko'rsatish kerak bo'lishi mumkin.
Ilova tarkibi bo'yicha mos keladigan muqobil variantlarni narxlari bilan ko'rsatadi.
BAD va vitaminlar, sport ovqatlanishi, kosmetika yoki bolalar mahsulotlari bilan ishlasangiz, +998 55 512 11 33 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki Telegramda @davodeliver'ga yozing.
Ilovani bepul yuklab oling va birinchi buyurtmani bugun bering.
